MOSP.uz

❓ Yordam va savollar

🛡 Xavfsiz savdo qoidasi

Oldindan pul o'tkazmang. Mahsulotni ko'rmasdan to'lamang. Kartaga oldindan pul so'ragan har kim — firibgar. Uchrashib, tekshirib, keyin to'lang.

E'lon qanday joylanadi?
Tepadagi «➕ E'lon joylash» tugmasini bosing, kategoriya tanlang, rasm va ma'lumotlarni kiriting. E'lon admin tekshiruvidan so'ng saytda chiqadi.
Firibgarlikdan qanday saqlanaman?
Oldindan pul o'tkazmang! Mahsulotni o'z ko'zingiz bilan ko'rmasdan to'lov qilmang. Kartaga oldindan pul so'rasa — bu firibgarlik belgisi. Uchrashib, tekshirib, keyin to'lang. Shubhali holatda «🚩 Shikoyat» tugmasini bosing.
Meni kimdir aldadi. Nima qilaman?
Darhol «🚩 Shikoyat» tugmasi orqali firibgar profili yoki e'loniga shikoyat yuboring — sotuvchining telefoni, yozishmalaringiz va bitim ma'lumotlari bizda saqlanadi. Admin firibgarni topib, telefonini bloklaydi (u qayta kira olmaydi). Politsiyaga murojaat qilsangiz — biz dalillarni beramiz.
E'lonimni yuqoriga qanday chiqaraman?
E'loningizda «⬆️ Ko'tarish» tugmasi bor — kuniga bir marta bepul. Ko'proq ko'rish uchun «🚀 Reklama qilish» orqali TOP yoki VIP qiling.
Magazin qanday ochaman?
Avval profilingizni «🏢 Biznes akkaunt»ga o'tkazing (hozircha bepul), so'ng «Magazin ochish» orqali brend nomi, manzil va bannerni sozlang. Mahsulotlarni razmerlari bilan joylang.
Reklama qanday beraman?
«📢 Reklama» sahifasiga o'ting, banner rasmini yuklang, joy va muddatni tanlang. Narx avtomatik hisoblanadi. Admin tasdiqlagach banneringiz saytda chiqadi.
Parolimni unutdim.
Kirish sahifasidagi «Parolni unutdingizmi?» havolasini bosing — admin yordam beradi.
Bepulmi?
Ha! E'lon joylash, qidirish, xabar yozish — hammasi bepul. Faqat qo'shimcha TOP/VIP reklama va banner reklama pullik (ixtiyoriy).

Savolingizga javob topmadingizmi? Adminга yozing:

📨 Admin bilan bog'lanish